O’zbekiston Respublikasi Hukumati bilan “Gazprom EP International BV” o’rtasida Jel koni bo’yicha mahsulot taqsimlash to’g’risidagi bitim imzolandi.

2018 yil 16-oktabrda Jel koni bo’yicha mahsulotni taqsimlash to’g’risidagi bitim yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulot taqsimotiga oid bitimlarning loyihasini ko’rib chiqish bo’yicha maxsus davlat komissiyasining majlisida tasdiqlandi.

Mahsulotni taqsimlash to’g’risidagi bitimning amal qilish muddati — 25 yil. Loyihani amalga oshirish doirasida:

  • O’zbekistonning mahhsulotni taqsimlash ishtirokidan daromadlarini olish;
  • yangi ish o’rinlarini yaratish;
  • mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirishga hissa qo’shish;
  • Ustyurt mintaqasidagi konlarni geologik o’rganish;
  • neft-gaz sohasidagi eng yaxshi jahon tajribasiga asoslangan texnologiyalarni rivojlantirish;
  • eng yaxshi amaliyotlar bilan almashish;
  • mutaxassislar uchun malaka oshirish rejalashtirilgan.