O‘zbekiston elektron kompyuter sporti Federatsiyasi hamda Alibaba Groups (Alisports) kompaniyalari o‘rtasidagi kelishuvga erishildi, deb yozadi InfoCom.

Xabarga ko’ra, ushbu hamkorlik doirasida WESG (World Electronic Sports Games) turniri uchun tarixda ilk bor O‘zbekistonda ham saralash bosqichi o‘tkaziladi.

Sovrin jamg‘armasi 5 500 000 $ ga teng bo‘lgan ushbu Turnirning saralash o‘yinlariga 20-oktabrdan boshlab start beriladi.

Ta’kidlanishicha, Esports Uzbekistan’ning AESF (Osiyo elektron sport Federatsiyasi)ga a’zo bo‘lishi, Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida o‘zbek kibersportchilarining ishtirok etishi, kibersportning O‘zbekiston Respublikasidagi rasmiy sport turlari reyestridan o‘rin olishi Federatsiyaning xalqaro imijini anchagina yaxshiladi.