Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida joriy yilning 21 oktyabr kuni Jizzax shahar Sh. Rashidov ko‘chasida yashovchi M.A. (ismli ayol) IIBga murojaat qilgan.

Murojaatda fuqaro 17 oktyabr kuni plastik kartochkasiga 14 mln. so‘m pul tushirganligi va ushbu pullarni noma’lum shaxs o‘g‘irlab olganligini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Arnasoy tumanida yashovchi Sh. P. elektron ijtimoiy to‘lov tarmog‘i orqali ruxsatsiz boshqa bir tanishi M.M.ning plastik kartasiga o‘tkazganligi aniqlanib, Sh. P. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.