Mirzo Ulugbek Innovation Center va Koreya texnoparklari Uyushmasi hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvni imzoladilar.

Kelishuvning imzolanishi taraflarga joriy yilning iyul oyida Koreya Respublikasi texnoparklari Uyushmasi vakillarining Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida erishilgan qator shartlashuvlarni amalga oshirishga oʻtish imkonini beradi.

Ta’kidlanishicha, uyushmaning yetakchi ekspertlari MUIC qoshidagi texnopark konsepsiyasini ishlab chiqish, Toshkentda uni qurish, shuningdek, texnoparkni boshqarish toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlashga jalb qilish rejalashtirilgan.

“Koreyalik hamkorlarning texnologik tajribasi gʻoyalarni yuzaga keltiradigan, ularni ishlaydigan, tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlarga aylantiradigan maydoncha va Oʻzbekistonda startaplarni rivojlantirish uchun poydevor boʻladigan IT-infratuzilmasining universal obyektini yaratishga imkon beradi”, deyiladi xabarda.

Texnopark tuzilmasida tadqiqiy laboratoriyalar, R&D-markazlar, kovorkinglar hamda innovatsion ekotizimning boshqa tarkibiy qismlari boʻlishi nazarda tutilgan.

Imzolangan kelishuv shuningdek, MUICni masʼul xodimlarining Koreya texnoparklarida stajirovkadan oʻtishi, Oʻzbekiston Respublikasining “Texnoparklar toʻgʻrisida"gi Qonuni va boshqa qonunosti hujjatlarini tayyorlashda koreyalik mutaxassislarning ekspertlik koʻmagi rejalarini ham qamrab olgan.