“Hyundai Auto Kazakhstan” O’zbekistonga avtomobillarni distribyutori sifatida kirdi. Bu haqda kompaniyaning direktori Denis Kolomatskiy ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, кompaniya hozirgi kunda ichki sertifikatlashni yakunlab, avtomobillarni O’zbekistonga olib kirishni boshladi va birinchi dilerlik markazini ro’yxatdan o’tkazmoqda. Yangi yildan boshlab to’la hajmda ishga tushish rejalashtirilgan.

Kompaniyaning O’zbekistondagi vakolatxonasi ishlab chiqaruvchi emas, balki distributor sifatida taqdim etilganligi bois, dastlabki bosqichda Qozog’istonda ishlab chiqarilgan avtomobillar sotilmaydi.

“O'zbekiston Respublikasida siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar boshlangan vaqtdan beri, mamlakatga dunyoning eng yirik kompaniyalari oqimi kuchaya boshladi. „Hyundai Motor Company“ ushbu yangi va istiqbolli bozorga chiqish istagini bildirdi va „Astana Motors“ ni mintaqaviy distribyutorga aylantirishni taklif qildi. Biz bu mintaqaning salohiyatni ko’rib chiqdik va Hyundai Motor Company taklifini mamnuniyat bilan qabul qildik”, — dedi Kolomatskiy.

Avvaliga 1000 ga yaqin mashina sotish rejalashtirilgan.