“OnLeaks” insayderi “91mobil” nashriyoti bilan birga Nokia 9 PureView smartfoni haqida xabar berdi.

Tasvirlarga ko’ra, qurilma metall ramkali shisha korpusga ega bo’ladi. Qiziqarli tomoni shundaki, aksariyat smartfonlardan farqli o’laroq Nokia ning flagmani o’ymasiz displey bilan jihozlanadi. Displeyda so’zlashuv dinamiki, old kamera va kompaniya logotipini ko’rish mumkin. Qurilmaning orqa tomonida LED chirog’i va beshta modulli asosiy kamera mavjud.

Smartfonning pastki qismida USB-Cni zaryad qilish uchun ulagich, shuningdek o’ng tomonda — tovush va quvvat tugmalari o’rnatiladi. Qurilmada quloqchin o’rnatgich bo’lmaydi.

Smartfon “Olympic” kodli nomga ega bo’ldi va “HMD Global” Android 9 Pie da qurilmaning Xitoy versiyasini sinovdan o’tkazmoqda. Nokia 9 PureView 5.9 dyuymli OLED displeyi, QHD piksellar bilan ta’minlanadi. Qurilma Qualcomm Snapdragon 855 yangi flagmani chipida ishlaydi. Qurilma shuningdek, 8 Gbayt RAM, 128 Gbayt ROM, 4150 mAch batareya va pastki ekran barmoq izlari skanerini oladi.

Smartfonning taqdimoti 2018 yilda bo’lishi kutilmoqda.