“Toshkent-Termiz-Toshkent” yo’nalishida qatnayotgan № 4/3-sonli yo’lovchi poezdi joriy yilning 16 noyabr kunidan boshlab haftaning 3 kunida Termizgacha qatnovni amalga oshiradi. Bu haqda O’zbekiston temir yo’llari matbuot xizmati xabar berdi.

Ya’ni, xaftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 08:53 da Toshkent janubiy vokzalidan xarakatlanib, soat 20:19 Termiz vokzaliga kirib boradi.

Xaftaning shanba, yakshanba va dushanba kunlari soat 06:40 da ortga qaytib, soat 18:26 da poytaxtga kirib keladi.