“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi qatnovlariga aviachiptalarni rasmiy veb-sayt orqali sotib olishdagi onlayn to‘lov usullariga MasterCard to‘lov tizimi ham qo‘shildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Spot’ga ma’lum qildi.

Ilgari mazkur imkoniyat UzCard va VISA to‘lov tizimlari orqali taqdim etilgan.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK aviabiletlarini www.uzairways.com saytida sotib olish mumkin. Bundan tashqari, saytda aviakompaniya samolyotlari sahnidagi ham pullik, ham to‘lovsiz joylarni oldindan tanlash va bronlash imkoniyati ham mavjud.