Kogon tumanlararo sudining 2018 yil 11 sentyabr kunidagi qarzdor “KIP Montaj servis” UKdan Respublika byudjeti foydasiga 1 mlrd. 982,2 mln. so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Kogon tuman bo‘limi ish yurituviga 2018 yil 13 sentyabr kuni kelib tushgan, deb yozadi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati.

Amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan, davlat raqam belgili “Gaz-3308-SNG” rusumli avtotransport vositalariga qaratilib, ro‘yxatga olinib xatlangan.

Ushbu avtotransport vositasi 2018 yil 02 noyabr kuni “E-ijro auksion” tizimiga elektron onlayn auktsion savdolarini tashkil etish uchun joylashtirilgan.

Kelgusida mol-mulk sotuvidan kelib tushgan pul mablag‘lari hisobidan qarzdorning Respublika byudjeti oldidagi qarzdorlikni qoplashga qaratiladi.