“Toshkent” Respublika fond birjasi savdolarida 5 kun davomida 32 ta aksiyadorlik jamiyatining qimmatli qog‘ozlari bilan 250 ta bitim qayd qilinib, 567,2 mln. dona aksiyalar 12,4 mlrd. so‘mga sotildi.

Savdo aylanmasining 85,9%i (10,6 mlrd. so‘m) tijorat banklarining hamda 4,5%i (0,55 mlrd. so‘m) qurilish materiallari tarmog‘iga mansub jamiyatlar qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlardan iborat bo‘lganini ko‘rsatdi.

Qimmatli qog‘ozlar bilan o‘rtacha kunlik savdo aylanmasi 2,5 mlrd. so‘mni, o‘rtacha bitim qiymati esa 49,5mln. so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, ushbu davrda sotilgan bir dona aksiyaning o‘rtacha narx ko‘rsatkichi 21,8 so‘mdan iborat bo‘ldi.

Eng yirik bitim 5 noyabr sanasida “Main Board” asosiy seksiyasida"Ravnaq-bank" XATBning 8,0 mln. dona oddiy aksiyasi bilan 8,0 mlrd. so‘m miqdorida tuzildi. Bir dona aksiyaning sotuv kunidagi narxi nominaliga mos ravishda 1 000 so‘mni tashkil qildi.

Bitimlar soni bo‘yicha yetakchilikni o‘tgan haftada"Kvarts"AJegallagan holda,uning 26,4 ming dona aksiyasi bilan 140,1 mln. so‘mlik 87 ta bitim amalga oshirildi. Undan keyingi o‘rinlarni esa “Qizilqumsement” AJ (34 ta bitim) va “O'zsanoatqurilishbank” ATB (27 ta bitim) egalladi.

Fond birjasida yil boshidan buyon 553,5 mlrd. so‘mlik 8 839 ta savdo bitimi qayd qilindi. Ushbu davrda birja savdolarida 115 ta aksiyadorlik jamiyatining 8,46 mlrd. dona qimmatli qog‘ozlari sotilgan.