O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 1015 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 4,1 milliard so‘mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 26% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 49% ikkinchi va 25% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Farg‘ona viloyatining avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 19% ga teng. Keyingi o‘rinda Samarqand viloyatining avto havaskorlari 17% ulush bilan joylashdi.

Uchinchi o‘rin Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 14% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 50% ga teng.