Davlat xizmatlari agentligi direktori Halilillo To‘raxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiyasi Germaniyaning hujjatlarni raqamlashtirish uchun professional uskunalar ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniyasi “MICROBOX GmbH"da bo‘lib, u yerdagi faoliyat bilan yaqindan tanishishdi, deb yozadi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

“O'zbekistonga zamonaviy skanerlash uskunalarini yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda”, deyiladi xabarda.

Davlat xizmatlari markazlari tizimida 2022 yil 1 yanvarga qadar avtomatlashgan “FHDYO yagona elektron arxivi” tizimini shakllantirish rejalashtirilgan.

“MICROBOX GmbH” kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan professional yechimlar dunyodagi eng yaxshilar qatoriga kiradi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur uskunalar raqamli arxivlarni yaratish bo‘yicha deyarli hamma vazifalarni bajarishi mumkin.