“O‘zbekneftgaz” AJ delegatsiyasi Abu-Dabi milliy neft kompaniyasining (ADNOC) va “Panorama Digital Centre” kompaniyalarining bosh ofislariga tashrif buyurdi, deb yozadi kompaniya matbuot xizmati.

Tashrif doirasida “ADNOC” kompaniyasining Ijro boshqaruvi direktori — Omar Al Suvaydi va “ADNOC Offshore” kompaniyasi ijrochi direktori Axmed Al Suvaydi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi, jumladan “ADNOC” kompaniyasi bilan gaz mahsulotini qidirish va qazib chiqarish (Upstream) va qayta ishlash (Downstream) yo‘nalishlari bo‘yicha strategik tavsiyalar berish bo‘yicha bitim.

Bundan tashqari, “O‘zbekneftegz” AJ delegatsiyasi Abu-Dabida o‘tkazilayotgan Xalqaro neft sanoati ko‘rgazmasi va konferensiyasida (ADIPEC 2018) ishtirok etdi.