Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, endi maxsus avtotransportdan tortib, aviatsiya texnikasigacha xizmatda bo‘ladi.

Xabarga ko’ra, Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida tez tibbiy yordam xizmatini aviatsiya texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari ham ko‘rilmoqda.

“Tyez tibbiy yordam mashinalarining kamida 10 foizini maxsus reanimatsiya mashinalari tashkil etishi belgilangan edi. Bugungi kunga kelib tez tibbiy yordam xizmatining avtoparki ushbu mezon darajasiga ko‘tarildi”, — deydi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Davron Sultonov.

Shifokor ta’kidlashicha, tez tibbiy yordam mashinalarining 10 foizini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan, xorijda ishlab chiqarilgan “Hyundai”, “Nissan” va “Toyota” rusumli reanimobillar tashkil etmoqda.