Samsung kompaniyasi ekranosti selfi kamerali romsiz smartfoni — Galaxy A8s ustida ish olib bormoqda. Hozirda tarmoqlarda qurilma haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda.
Manbada ko‘rsatilishicha, qurilmada Infifnity-O ekrani, dioganaliga IPS matritsali, 6,39 dyumli Full HD+ dan foydalanilgan. Ekranni Xitoy BOE kompaniyasi ishlab chiqaradi.
Samsung Galaxy A8s SoC Qualcomm Snapdragon 710 ga asoslanadi. Operativ xotira hajmi 6 GB, o‘rnatilgan ichki xotira — 128 GB. Shuningdek, microSD xotira kartasi uchun 512 GB hajmidagi slot ham o‘rnatilishi va’da qilingan.
Smartfonning asosiy kamerasi 5, 10 va 25 Mpga kengaytirilgan uchta datchikda ishlaydi. Imkoniyatlariga ko‘ra u Galaxy A7 smartfoni kameralariga mos keladi. Old kamera tasvirini uzatuvchi datchik hajmi 24 Mp.
Qurilma 3400 mA·ch batareya quvvati va USB-Cga ega. Model gabariti 159,11×74,88×7,38 mm. Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon dekabr yoki yanvar oyida taqdim etiladi.