Andijonda 589 nafar yoshlar tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari ko‘zda tutilgan. Buning uchun 66 milliard 839 million 330 ming so‘m miqdoridagi kredit mablag‘i yo‘naltiriladi. Bu haqda Xalq so’zi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi Asrorbek Abbosxonov naslli qoramollarni ko‘paytirish maqsadida yangi loyiha ishlab chiqdi. Abbosxonovga “Yoshlar — kelajagimiz” dasturiga binoan moliyaviy ko’mak berildi.

“Uning istiqboliga ishongan Xalq bankining tumandagi bo‘limi 180 million so‘m kredit mablag‘i bilan ta’minladi”, deyiladi xabarda.

Andijonda bu kabi yoshlar safi tobora kengayib bormoqda. Shu kungacha 144 nafar yoshga 14 milliard 52 million 180 ming so‘m kredit mablag‘i ajratilgan.