“O‘zavtosanoat” AJ ma’lum qilishicha, korxona ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash uchun dilerlik korxonalari o‘rtasida raqobatni oshirish bo‘yicha, jumladan to‘liq xususiy dilerlik korxonalari sonini oshirish yo‘li bilan bosqichli ishlarni amalga oshirmoqda.

Mazkur ish doirasida uchta quyidagi dilerlik korxonalari ulushlari savdo tashkilotchisi — “Respublika mulk markazi” MCHJ orqali xususiy investorlarga sotish uchun auksion sotuviga qo‘yildi:

  • Sirdaryo viloyatidagi “Oqoltin Avtotexservis” MCHJ;
  • Jizzax viloyatidagi “Jizzax Avtotexxizmat” MCHJ;
  • Samarqand viloyatidagi “Samarqand Avtotexxizmat” MCHJ.

Savdo 2018 yilning 26 dekabrida bo‘lib o‘tadi.

Ilgari Spot GM Uzbekistan avtomobillarni bron qilish muddatini qisqartirgani haqida xabar bergan edi.