Sirin Labs kompaniyasi dunyodagi birinchi kriptovalyutali Finney smartfonini taqdim etdi va sotuvga qo’ydi, deb yozadi “PhoneArena”.

Smartfon Apple — Foxconn ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqariladi. Qurilma keng ekranli Full HD + 6 dyuymli ekran, Snapdragon protsessor 845, 6 gigabayt operativ va 128 gigabaytli flesh xotiraga ega bo’ldi. Asosiy kamera 12 megapiksel, old kamera esa 8. Orqa tomoniga barmoq izlari skaneri joylangan. Batareya quvvati — 3000 mAh.

Blokcheyn smartfon Android 8.1 asosida yaratilgan “Sirin OS” qobig’ida ishlaydi. NFC moduli mavjud.

Finney smartfoni egasi dunyodagi eng mashhur valyutalarning (Bitcoin, Etherium and Token Labs Tokens) kriptovalyuta jamg’armasiga ega bo’ladi. Ichki hamyon har qanday xaker hujumlaridan himoyalangan.

Finney blokcheyn smartfoni sotib olish uchun kompaniyaning rasmiy saytida 999 $ narxda sotilmoqda. Yanvar oyida yangi mahsulot Amazon platformasida paydo bo’ladi.