O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining “Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimini yuritish tartibi haqida"gi buyrug‘i Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.
Nizomga ko‘ra nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini tekshirish tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Mas’ul xodim Yagona tizimda prokuratura.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi hamda unga login va parol beriladi.
Tekshiruv o‘tkazishni kelishish uchun nazorat qiluvchi organ tomonidan Yagona tizimga ma’lumotlar kiritiladi. Kelishish uchun buyurtma uch ish kuni ichida, favqulodda holatlar bo‘yicha bir ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Tekshiruv o‘tkazishni kelishish haqida qaror qabul qilinganda “Ruxsat berilsin” maqomi, rad etilganda uning aniq sababi ko‘rsatilgan holda “Rad etilsin” maqomi tanlanadi.
Tadbirkor o‘z so‘roviga ko‘ra o‘tkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni Yagona tizimdan qisqa xabar (SMS) ko‘rinishida va Internet tarmog‘i orqali olishi mumkin.
3 dekabr 2018, 16:07
Tadbirkorlik
Texnologiyalar
Bosh prokuror buyrug’iga binoan tadbirkorlar faoliyatini tekshirish elektron yuritiladi
Tadbirkor o‘z so‘roviga ko‘ra o‘tkazilayotgan tekshiruv haqidagi axborotni Yagona tizimdan qisqa xabar (SMS) ko‘rinishida va Internet tarmog‘i orqali olishi mumkin.

Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 867
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 20:13 Energetika
Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr energiyasi o‘chiriladi
11-fevral kuni Yunusobod va Bektemir tumanlarining ayrim hududlariga belgilangan vaqtlarda elektr energiyasi yetkazib berilmaydi.
Kecha, 19:17 Iqtisodiyot
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi
Unga ko‘ra, 5-fevraldan Rossiyada qoidabuzar migrantlar ro‘yxati joriy etildi. O‘zbekiston elchixonasi fuqarolarni o‘z maqomlarini qonuniylashtirish choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Kecha, 18:49 Biznes
Benzin va motor moylarini eksport qilish tartibi soddalashtiriladi
Bunda ularni yetkazib berishda oldindan to‘lov, bank kafolati yoki sug‘urta talab etilmaydi.
Kecha, 18:11 Texnologiyalar
Angel Connect xakatoniga arizalar qabul qilinmoqda
Tadbirda 5 kishidan iborat jamoalar ishtirok etishi mumkin bo‘lib, buning uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Kecha, 17:46 Biznes
2026-yildan g‘isht ishlab chiqarishda soliq stavkasi 2 baravar oshiriladi
Joriy yilning 1-iyulidan ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Kecha, 17:20 Energetika
Bosh prokuraturaga quyosh panellari o‘rnatilishini qat’iy nazoratga olish topshirildi
Energetika vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda 2025-yilda quyosh panellari va geliokollektorlarni o‘rnatish dasturini ishlab chiqish topshirildi.
Kecha, 16:49 Biznes
“Meta” butun dunyo bo‘ylab minglab xodimlarini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda
Qayd etilishicha, ishdan bo‘shatishlar kompaniyaning 3600 nafar xodimga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Kecha, 16:25 Biznes
“O‘zmilliybank” developerlardan tijorat binolarini sotib olishga 500 mlrd so‘m ajratadi
Prezident davlat bankiga xizmat ko‘rsatish sohasida 3 mln nafar aholining bandligini ta’minlash vazifasini topshirdi, ularning yarmi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.