O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 802 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,7 milliard so‘mdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 20% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48% ikkinchi va 32% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 23% ga teng. Keyingi o‘rinda Farg‘ona va Andijon viloyatlarining avto havaskorlari har biri 15% ulush bilan joylashdi.

Uchinchi o‘rin Samarqand viloyatining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 10% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 37% ga teng.