2018 yil 12 dekabr kuni O’zMTRK media markazida “O'zbekiston bank sektoridagi ochiq innovatsiyalar” mavzusidagi anjumanda birinchi fintex-laboratoriya va birinchi fintex-maktab taqdim etildi, deb xabar beradi Spot muxbiri.
Ta’kidlanishicha, fintex-laboratoriya ekspetlar va hamkorlarning keng ekotizimlari bilan birgalikda yangi texnologiyalarni sinab ko’rish va yaratish imkonini beradi.
“Yangi fintex mahsulotlarini yaratish uzoq va qimmat loyihadir. Shuning uchun biz global hamkorlar bilan birgalikda fintex-laboratoriyaga asoslangan yechim ishlab chiqdik — bu texnologiya ta’minotchilari bilan ishonchli hamkorlik qilish uchun shart-sharoit yaratishga yordam beradi”, — dedi Mirzo Ulugbek Innovation Center direktori Nodir Dehqonov.
Shaxsni aniqlash sohasida raqamli va jismoniy “dunyo” uchun innovatsiya texnologiyalarni ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi Fransiyaning IDEMIA kompaniyasi Toshkentdagi fintex-laboratoriyaning hamkori hisoblanadi.
MUICning fintex bo’yicha konsultanti Nargis Do’stmatovaning so’zlariga ko’ra, bank sektorining barcha mahsulotlarini sinab ko’rish mumkin bo’lgan xavfsiz makon yaratildi. Mahsulotlar mijozlar identifikatsiyasi va biometrikasi bilan bog’liq turli yechimlarni o’z ichiga oladi. Bu sohada mutaxassislar (taxminan 25 ga yaqin) va dunyoning 60 dan ortiq maslahatchilari mavjud.
“Birinchi fintex maktabi Garvard, Oksford va dunyoning etakchi boshqa universitetlari bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi. Asosiy auditoriya — kompaniyaning yuqori menejerlari sanaladi” — deydi Nargis Do’stmatova.
Uning so’zlariga ko’ra, laboratoriyani 2019 yil 1 martda ishga tushirish rejalashtirilgan.