PAYMO O’zbekiston uchun moliyaviy marketpleys ishlab chiqmoqda. Bu haqda PAYMO.Uzbekistan kompaniyasining direktori Ilhom Idiyev 2018 yil 12 dekabr kuni bo’lib o’tgan “O'zbekiston bank sektoridagi ochiq innovatsiyalar” mavzusidagi anjumanda ma’lum qildi, deb xabar beradi Spot muxbiri.
Bu — moliyaviy xizmatlar iste’molchilari va provayderlarini yagona axborot makonida birlashtiruvchi va ishtirokchilarga moliyaviy o’tkazmalarning tezligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator xizmatlarni taqdim etivchi tizimdir.
Ta’kidlanishicha, kelgusida mazkur platforma banklarga mijozlarni uzoqdan turib aniqlash, qaror qabul qilish uchun ma’lumotlarni qbul qilish va o’z xizmatlarni taqdim etish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
“Hozir bank va mijoz o’rtasidagi uzilish bor. Biz banklarga o’z xizmatlari haqida ma’lumotlarni e’lon qilishlari mumkin bo’lgan platformani ishlab chiqish uchun yordam berishga tayyormiz. O’z navbatida, mijozlar turli banklardagi xizmatlarning tariflari va shartlarini taqqoslab, to’g’ri tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi “, — deya qayd etdi PAYMO.Uzbekistan direktori.
Loyihani uch bosqichda amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Avvaliga, bu xizmatlar agregatori bo’ladi, ikkinchisida, bank tizimiga integratsiyalashgan holda, saytning o’zida onlayn xizmatlarni taqdim etish mumkin bo’ladi. Oxirgi bosqichda, investitsion xizmatlarni joriy qilish rejalashtirilmoqda. Tizim foydalanuvchi qayerga sarmoya kiritishi kerakligini aniqlab beradi.
Kompaniya yaqin kunlarda Markaziy bank vakillari bilan moliyaviy bozorlar konsepsiyasini muhokama qilish niyatida. Agar regulyator loyihaga qiziqish bildirsa, uni amalga oshirish to’rt oy davom etishi mumkin.
Ilgari Spot Toshkentda birinchi fintex-laboratoriya va fintex-maktab taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.