Moliya vazirligi tomonidan alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida loyiha muhokama uchun taqdim etildi.
Alkogolli mahsulotlar uchun taklif etilayotgan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar:
Sotilayotgan tovarning nomi | Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi | Eng kam chakana narx |
Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun so‘m hisobida | 8 000 (hozir 6 500) | 9 600 (hozir 7 800) |
Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun so‘m hisobida | 29 000 (hozir 22 000) | 34 600 (hozir 26 400) |
Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun so‘m hisobida | 19 400 (hozir 16 000) | 23 200 (hozir 19 200) |
Loyiha rad etilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.