O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident farmoni e’lon qilindi.
Elektron hukumat
Farmonga muvofiq, Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi электрон hukumat sohasidagi hamda davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etishda vakolatli organ etib belgilandi.
Agentlik:
- 2019 yil 1 aprelga qadar amalga oshirilayotgan loyihalarning tanqidiy ko‘rib chiqilishini hamda maqsadga muvofiq, dolzarb, respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsad va vazifalariga mos keladigan loyihalarning davom ettirilishini ta’minlaydi;
- 2019 yil 1 mayga qadar quyidagilarni nazarda tutadigan"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasining ishlab chiqadi.
Shuningdek, Agentlik ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda davlat organli va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul hisoblanadi.
Bundan tashqari, axborot tizimlari, resurslari hamda dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish bo‘yicha loyihalar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Agentlikda ekspertizadan o‘tkazilishi shartligi belgilandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriligiga “Elektron hukumat” tizimi doirasida amalga oshirilayotgan axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilishi va moliyalashtirilishini to‘xtatish hamda ularni to‘liq xatlovdan o‘tkazish vazifasi topshirildi.
Hukumat mobil aloqasi tizimi
Aloqaning maxfiyligi, tezkorligi, xavfsizligi va telekommunikatsiya xizmatlariga sarflanadigan byudjet mablag‘larining tejalishini ta’minlaydigan hukumat mobil aloqasi tizimi joriy etiladi.
Ushbu tizim 2019 yil 1 apreldan boshlab davlat organlari, tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun o‘z xizmat vazifalarini bajarishda foydalanish majburiy etib belgilandi.