O’zbekistonda dollar kursi 4 oy davomida birinchi bor tushgan edi, endilikda yana ko’tarilishni boshladi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 12 so‘mga ko’tarilib, 8 325 so‘mni tashkil qildi.
Yevro esa pasayib (42 so’m), 9 413 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli ham 0,52 so’mga pasayib, 124 so‘mni tashkil qildi.
So’mning AQSH valyutasiga nisbatan keskin qadrsizlanishi sentyabr oyi o’rtalarida boshlandi (dollar 176 so’mga qimmatladi). Markaziy bankda dollar kursining ko‘tarilishiga izoh berdilar.
Ilgari Spot yangi tahrirdagi valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun loyihasi to’liq tayyorlangani va O‘zbekistonda bank islohoti: davlat ulushini qisqartirib, xorijiy banklar sonini ko‘paytirish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.