O’zbekistonda dastlabki startaplar maktabi ochiladi. Bu haqda “GroundZero Chilanzor” kovorking markazi rahbari Anastasiya Danilova Xalqaro Vestminster universitetida “Dunyo va O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda raqamlashning o’rni” mavzusidagi davra suhbatida ma’lum qildi, deb xabar beradi Spot muxbiri.

Maktab IT-mutaxassislarga qaratilgan va bugun, 17-dekabr kuni GroundZero Chilonzorda boshlanadi. Trening 3 oy davom etadi, mashg’ulotlar tugaganidan so’ng murabbiylar yana olti oy davomida ishtirokchilar loyihalarini qo’llab-quvvatlashda davom etadilar.

“GroundZero'da startaplar uchun turli xil tadbirlar, shu qatorda xalqaro tanlovlar o’tkaziladi. Tadbirlarni o’tkazish chog’ida, biz yoshlar loyihani qanday qilib to’g’ri yaratishni bilmasliklarini tushunib yetdik. Shu sababli, loyihani paydo bo’lganidan qo’llab-quvvatlaydigan maktab tashkil etildi”, — deydi Anastasiya Danilova.

Danilovaning so’zlariga ko’ra, mahalliy va Qozog’iston, Ukraina, Ozarbayjon va Gruziyadagi xorijiy mutaxassislar maktabda darslar o’tkazadilar.

O’quv dasturi har qanday startapni rivojlantirish bilan bog’liq besh bosqichga bo’linadi:

  • huquqiy asos (egalik huquqini tanlash, biznesni nusxalashdan himoya qilish);
  • mahsulotni yaratish va joylashtirish;
  • mahsulotni bozorga chiqarish va uni rivojlantirish;
  • jamoani qurish;
  • investorlarni qidirish.

Kurslar kechki payt haftasiga ikki marta o’tkaziladi. Ta’lim xarajatlari oyiga 278 ming so’mni tashkil etadi, butun kurs 9 oy davom etadi.