“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 350/349 -sonli Toshkent-Moskva yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi 14-dekabrdan boshlab yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qatnovlar haftasiga bir marta (juma kuni) amalga oshiriladi. Yangi yo‘nalish bo‘yicha poyezd Samarqand, Navoiy, Buxoro va Nukus shaharlari orqali o‘tib, Qoraqalpog‘iston temir yo‘l stansiyasi orqali harakatlandi.
Toshkent-Moskva-Toshkent poyezdi mahalliy vaqt bilan 18−54da jo‘naydi va 79 soatdan so‘ng, Moskva vaqti bilan soat 00−00da Rossiya poytaxtining Qozon vokzaliga yetib boradi.
Chiptalar narxlari quyidagicha:
- platskart (227 o‘rin) — 1 196 482 so‘m
- kupe (26 o‘rin) — 1 867917 so‘m
- lyuks (16 o‘rin) — 2 838 347 so‘m