Vazirlar mahkamasining qaroriga binoan “Taraqqiyot” tanlovi finali ishtirokchilari rahbarlik lavozimiga tanlovsiz qabul qilinish huquqiga ega bo’ladi.

Tanlov finalining ishtirokchilari davlat tashkilotiga ishga joylashtirilsa, ularga ishga qabul qilingan kunidan boshlab dastlabki 10 oy mobaynida tegishli davlat tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining 10 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.

Kadrlar zaxirasi tuziladigan davlat tashkilotining lavozimlari ro‘yxati har yili tashkilot kadrlar xizmati tomonidan 1 dekabrdan kechikmay quyidagi lavozimlar bo‘yicha alohida aniqlanadi:

  • davlat tashkiloti rahbarlari (rahbar o‘rinbosarlari);
  • davlat tashkiloti tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari (rahbarlar o‘rinbosarlari);
  • hududiy bo‘linmalar rahbarlari (rahbarlar o‘rinbosarlari);
  • davlat tashkiloti markaziy apparatining bosh boshqarmalari, boshqarmalari bo‘limlari, sho‘'balari boshliqlari (boshliqlarning o‘rinbosarlari) va bosh mutaxassislari.
“Taraqqiyot” respublika tanlovi o‘tkazilishini tashkil etuvchi Respublika komissiyasi tomonidan taraqqiyot-tanlov.uzmaxsus veb-saytida tanlov natijalari joylashtirilgan kundan boshlab uch yildan ortiq vaqt mobaynida tanlov finali ishtirokchilari davlat tashkilotining kadrlar zaxirasida turishi mumkin emas.