2018 yil 17 dekabr kuni Gollandiyaning “Lely” kompaniyasi bosh qarorgohida Gollandiyaning O’zbekistondagi Agrotexnologiyalar markazini yaratish bo’yicha loyihada ishtirokchilari yig’ilishi bo’lib o’tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Niderlandiyaning bir qator yetakchi firma va kompaniyalarining vakillari, shuningdek, Niderlandiya Iqtisodiyot vazirligi tomonidan loyihani amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Barpo etiladigan Markazda Niderland kompaniyalar guruhlarining texnik yordami bilan to’liq sikl klasteri ishtirok etadi. Unda yerni, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, chorvachilikni rivojlantirish, shuningdek qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash hamda tayyor sut mahsulotlarini (Gollandiya pishloqlari) ishlab chiqarish bo’yicha zamonaviy, jahon, shu jumladan, Gollandiya texnologiyalari joriy qilinadi.

Ta’kidlanishicha, agrar sohada tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish nafaqat sifatli, balki juda aniq miqdoriy natijalarga erishishga imkon berdi.

Uchrashuv natijalariga ko’ra, loyiha 2019 yil boshidan amalga oshiriladi.