Prezidentining “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarori doirasida o’tkazilgan xatlov natijasida 48150 ta bo’sh turgan va foydalanilmayotgan obyektlar mavjudligi aniqlandi, deb xabar beradi Davlat raqobat qo’mitasi matbuot xizmati.
“Idoralararo komissiyalar tomonidan har bir obyektga individual yondashuv asosida mulkdorlar bilan muzokaralar o’tkazilmoqda va mulkdorlar oldida turgan muammoli holatlarni bartaraf etish hisobiga ayni vaqtgacha 15205 ta investitsiya loyihalari ishlab chiqildi”, deyiladi xabarda.
Ularni to’liq amalga oshirish orqali hududlarga 11 trln so’mdan ortiq xususiy investitsiyalar jalb qilinishi, 40,0 mingtadan ortiq yangi ish o’rinlarini yaratish ko’zda tutilgan.
2018 yilning o’tgan davrida 4254 ta loyiha ishga tushirilgan bo’lib, 15 ming nafar ish o’rni yaratilishi ta’minlandi.