ABNMB kompaniyalar guruhi o’z faoliyatini kengaytirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 2 mln. $ oladi. Bu haqda Spot’ga tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Kredit ichimliklar va qandolatchilik, muzqaymoq kabi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga yo’naltirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish imkonini beradi.
Shuningdek, kompaniyalar guruhi mashhurlikka ega “Bon!” qahvaxonasini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Loyihaga YTTBning Maxsus aksiyadorlar jamg’armasi va YTTB Kichik biznes uchun qayta tiklovchi fondi (SBIF) tomonidan grant mablag’lari olindi. Ushbu fondlar loyihani amalga oshirishda muhim rol o’ynagan.
YTTB loyihasi doirasida donorlar ko’magida, ABNMBda non va non mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ISO 22000 standartlari, shuningdek, yangi ishlab chiqarish texnologiyalari joriy qilinadi.
“O'zbekiston logistika, turar-joy va oziq-ovqat bilan bog’liq xizmatlarni taklif etayotgan sayyohlik salohiyatidan foydalanishga intilmoqda. YTTB ushbu strategiyani turistik infratuzilmani moliyalashtirish uchun uzoq muddatli kreditlar bilan qo’llab-quvvatlaydi “, deyiladi hisobotda.
Bank, shuningdek, kichik va o’rta biznesning, ayniqsa, qishloq xo’jaligi sohasida yalpi ichki mahsulotning qariyb 50%ini va mamlakatda ishchi kuchining qariyb 80%ini tashkil etadigan kichik biznesni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlaydi. Bugungi kunda YTTB O’zbekiston iqtisodiyotida 69 loyiha bo’yicha 1,3 milliard yevro sarmoya kiritdi.
ABNMB kompaniyalar guruhi O’zbekiston bozorida 1999 yildan buyon mavjud.