Markaziy bank O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida ma’lumot berdi (1 dekabr holatiga ko’ra).

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Yalpi oltin-valuta zaxiralari 25,9 mlrd. $ ni tashkil etdi (yanvarda bu ko’rsatkich 28 mlrd. $ ni tashkil etgan edi). Ularning xorijiy valyutadagi aktivlari 11 mlrd. $ (bir oy oldin 11,8 mlrd. $) ni tashkil etdi.

Monetar oltin 14,9 mlrd. $ ni tashkil etgan (yanvarda bu ko’rsatkich 14 mlrd.). Sof oltin valyuta zahiralari esa 25,2 mlrd. $ ni tashkil etdi (bir oy oldin bu ko’rsatkich 25,7 mlrd. $ ni tashkil etgan edi).

Ta’kidlanishicha, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1220,45 $/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri — 823,2 mln.$.).