Buxoro viloyati Vobkent tumanida “G‘ayrat Chodak” MCHJ negizida tikuvchilik, bo‘yoq va poyafzal ishlab chiqarish sexi ish boshladi, deb yozadi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Korxonaning umumiy loyiha qiymati 5 million $dan oshiq bo‘lib, unda Yaponiya va Xitoy texnologiyalari asosida zamonaviy tikuv mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Korxonaning umumiy maydoni 35 ming kv. metrdan oshiq bo‘lib, korxona to‘liq ishga tushgach, unda yangi 1000 dan ortiq ishchi o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.