2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish” yili deb e’lon qilindi. Bu haqda Prezident Oliy Majlisga Murojaatnomasida ma’lum qildi.

Davlat rahbari ta’kidlashicha, jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, faol investitsiya siyosatiga ega bo’lgan mamlakatlar yuqori taraqqiyotga erishadi.

“Valyuta iqtisodiyotning barqaror o’sishi yetakchi sohaga bog’liq”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Sohalarni rivojiga bog’liq bo’lgan konsepsiyani ishlab chiqish 1 aprelga qadar yakunlanishi kerakligi ta’kidlandi. Vazirlar Mahkamasiga ushbu masala yuzasidan taklif kiritish va “Raqamli iqtisodiyotga o’tish” konsepsiyasini 2 oy ichida ishlab chiqish yuklatildi.

Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqiladi hamda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini hayotga tatbiq etiladi.

2019 yilda barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion so‘mlik, 2018 yilga nisbatan 16% ko‘p investitsiyalarni o‘zlashtirishi ko’zda tutilmoqda.