Prezidentning qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk va avtotransportni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish maqsadida foydalaniladigan 2019 yil uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar berdi.

2018 yilda jismoniy shaxs tomonidan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga shartnomada belgilangan ijara to‘lovi summasidan kelib chiqqan holda eng kam stavka bo‘yicha 7,5% JSHDS solingan.

Biroq, ko‘chmas mulk va avtotransport bo‘yicha ular ijara to‘lovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan past bo‘lmasligi kerak. Soliq bazasi pasayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2014 yildan boshlab shunday qilinmoqda.

2019 yil uchun noturar joylar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari o‘rtacha 2,2 marta, avtotransport vositalari uchun 1,4 marta oshirildi:

T/r


Ijaraga beriladigan

mol-mulk turi


Belgilangan

stavka miqdorini

tavsiflovchi

ko‘rsatkich


Oylik ijara to‘lovi stavkalarining

eng kam miqdorlari, so‘mda


Toshkent

sh.

Nukus sh. va viloyat

markazlaridagi

shaharlar

boshqa aholi

punktlari


1


Uy-joylar:





turar joy

umumiy maydonning 1 kv.metri uchun

10 000

6 500

3 000

noturar joy

20 000

13 000

6 000

2





Avtomobil transporti:





yengil avtomobil (yo‘lovchilar, bagaj tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8 tadan ko‘p bo‘lmagan avtotransport vositasi)

1 ta avtotransport vositasi uchun

480 000

mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari

940 000