Xorijiy investorlar bilan ishlashni yagona tizimga keltirish va uning samaradorligini orttirish maqsadidaInvest in Uzbekistan” yagona portali ishlab chiqiladi. Bu haqda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturida keltirilgan.

“Invest in Uzbekistan” yagona portalida:

  • O’zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatiga aloqador vazirlik va idoralarning o‘zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;
  • xorijiy tadbirkorlar uchun O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti bo‘yicha ma’lumotlarni yetkazish va ularni doimiy ravishda yangilab turish;
  • O‘zbekistonning tadbirkorlik va investitsiya sohasidagi qonunchiligi, biznes yuritish uchun yaratilayotgan qulayliklar to‘g‘risidagi qisqa, lo‘nda va mazmunli axborotlarni muntazam joylashtirish nazarda tutiladi.