Prezident farmoniga binoan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Urbanizatsiya agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tashkil etiladi.

Urbanizatsiyani tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish Agentlikning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Shuningdek, farmon bilan sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasi (Jamg'arma) tashkil etildi. Jamg’armaning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan barcha mablag‘larni jamlash;
  • Konsepsiya doirasida barpo etiladigan yangi shaharlar va yo‘ldosh-shaharlarning bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, ular uchun zarur bo‘lgan muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari qurilishini moliyalashtirish;
  • keyinchalik tushgan mablag‘larni jamlagan holda zarur infratuzilmalarga ega yer uchastkalarini auksion savdolari orqali sotish;
  • ipotekani kreditlashning yangi shakllarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘rta va uzoq muddatli ipoteka obligatsiyalarini chiqarish hamda ularni institutsional investorlar orasida joylashtirish orqali ipoteka bozorini rivojlantirish, shuningdek, milliy ipoteka bozorini rivojlantirish maqsadida xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish.

Bo‘sh turgan yer uchastkalari, yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan turar joylar hududlari, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan bino va inshootlar, keyinchalik ularni infratuzilmaviy rivojlantirish va sotish uchun Jamg‘armaga beriladi.