Prezident farmoniga binoan kichik sanoat zonalari ishtirokchilari uchun imtiyoz va preferensiyalarni ularni amaldagi ishtirokchilar uchun 2020 yil 1 yanvargacha saqlab qolgan holda bekor qilinadi.

Kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga quyidagi huquqlarni beriladi:

  • o‘z mablag‘lari hisobiga qurilgan bino va inshootlarga (yoki ularning qismlariga) mulk huquqini o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish;
  • investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni to‘liq bajargan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 5 yil muddat o‘tgandan keyin, o‘zlariga berilgan binolar va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) xususiylashtirish;
  • rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlashni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirgan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 3 yil muddat o‘tgandan keyin, binolar va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) xususiylashtirish.

Shuningdek, farmonga binoan, bino va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlash uchun kichik sanoat zonasi ishtirokchisi tomonidan ajratilgan mablag‘lar ularni xususiylashtirishda hisobga olinadi.