Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 745 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi deyarli 2,8 milliard so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 19% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 47% ikkinchi va 34% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 22% ga teng. Keyingi o‘rinda Andijon viloyatining avto havaskorlari 11% ulush bilan joylashdi.

Uchinchi o‘rin Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 9% ni tashkil qildi. Boshqa hududlarning ulushi esa 40% ga teng.