Prezident farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyati tugatilmoqda.

Tugatilayotgan Davlat raqobat qo‘mitasining quyidagi funksiyalari:

  • bo‘sh turgan ob’ektlarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish funksiyasi — Davlat soliq qo‘mitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga;
  • bo‘sh turgan ob’ektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalarning ishchi organi sifatidagi funksiyasi — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga o‘tkazildi.

Farmonga muvofiq, davlat ulushlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, samarali va shaffof xususiylashtirishni ta’minlash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishi etib belgilandi.