2018 yilning yanvar-dekabr oyida O’zbekistonda 55 mingtaga yaqin korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa o’tgan yilning shu davriga nisbatan 14,0 mingtaga ko’p. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Natijada, faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni o’tgan yilning shu davriga solishtirilganda 38,0 mingta (13,3%) ga o’sgan hamda ularning umumiy soni 323,5 mingtani tashkil etgan.

Ro’yxatdan o’tgan korxonalar va tashkilotlar

2019 yilning 1 yanvar holatiga 339 mingta korxonalar va tashkilotlar ro’yxatdan o’tgan bo’lib, iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha 22,1% savdo, 17,5% sanoat, 9% qurilish, 7,7% qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 6,2% yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar, 4,1% tashish va saqlash, 2,2% axborot va aloqa, 2,0% sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar hamda 29,2% boshqa faoliyat turlari hissasiga to`g`ri kelmoqda.

Hududlar bo’yicha ro’yxatdan o’tgan korxona va tashkilotlar soni eng ko’pi Toshkent shahri (71318 ta), Toshkent (35385 ta), Samarqand (26297 ta) va Farg’ona (29529 ta) viloyatlari hissasiga to’gri keladi. Aksincha, Sirdaryo (11109 ta), Navoiy (11281 ta) hamda Xorazm (15765 ta) viloyatlarida korxonalar soni kamligini kuzatiladi.

Yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar

2018 yil yanvar-dekabr oylarida 55 011 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan bo’lib, bu ko’rsatkich 2017 yilning shu davriga nisbatan 34,1% ga ko’pdir. Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi Toshkent shahri (12714 ta), Toshkent (5456 ta), Samarqand (4831 ta) va Farg’ona (4338 ta) viloyatlari hissasiga to’gri keladi. A

ksincha, Sirdaryo (1507 ta), Navoiy (2027 ta) hamda Xorazm (2299 ta) viloyatlarida korxona va tashkilotlarni tashkil etish ko’rsatkichi past darajani aks ettirgan.