Prezident farmoniga binoan raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish sohasida:

  • bozorning barcha ishtirokchilariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun teng imkoniyatlarni taqdim qilish, ruxsat berish tartib-tamoyillarini soddalashtirish va davlat xizmatlari ko‘rsatish hisobiga ularga teng shart-sharoitlar va xo‘jalik faoliyati erkinligi berilishi ta’minlanadi;
  • ishlab chiqariladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sifatini oshirish, narxlarning asossiz oshib ketishini cheklash va shu yo‘l bilan ichki talabni yuqori darajada qondirishni ta’minlash uchun sharoit yaratiladi;
  • tovar va moliya bozorlarida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ustav kapitalidagi (fondidagi) davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Farmonga muvofiq tashkil etilgan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustun mavqeini suiiste’mol qilishi, “kartel” bitimlari va til biriktirishi, nohalol raqobatchiligini aniqlash va oldini olish vazifalarini amalga oshiradi.

Shuningdek, Qo’mita bozor ishtirokchilari, shu jumladan, tabiiy monopoliya subyektlariga yuqori likvidli tovarlardan (ishlar, xizmatlar) foydalanishda teng sharoitlarni ta’minlaydi.