Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib Nodir Jo‘rayev tayinlandi. Bu haqda Aliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

1981 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti-oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2001 yil Toshkent davlat yuridik institutini (bakalavr), 2006 yil Toshkent davlat yuridik institutini (magistratura) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmaning bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Nodir Jo’rayev Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i,Nirmativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazining yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i, Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining boshlig‘i kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2016−2017 yillarda Adliya vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.