Joriy yilning 7 yanvardan 13 yanvargacha bo‘lgan davr mobaynida birja savdolarining hajmi 1,0 trln so‘mdan 473,2 mlrd so‘mga tushdi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotuvlar bo‘yicha birinchi o‘rinni qurilish materiallari 22,6% bilan egalladi. Ikkinchi o‘rinda neft mahsulotlari joylashgan bo‘lib, birja bozorining 17,2% ni egalladi. Keyingi o‘rinlardan chorvachilik uchun yem — 13,5%, gaz va polietilen — 9,7% ulush bilan joylashdi.

Valyuta savdo maydonchasi orqali 1,8 mln $dan ziyodga teng birgina tovar sotildi. Kelishuvlarning asosiy qismini polietilen tashkil qildi. Uning ulushi 92% ga teng. Keyingi o‘rinni 6% ulush bilan sanoat moyi egalladi.