Irlandiyaning “Ookla” kompaniyasiga qarashli Speedtest.net sayti dekabr oyi yakunlari bo’yicha dunyodagi simsiz va simli internet tezligi haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan Speedtest Global Index oylik reytingini e’lon qildi.

O’zbekiston dekabr oyidagi mobil internet tezligi bo’yicha (9,97 Mbit / s) uch pog’ona pastlab 111, simli tezlik (10,11 Mbit / s) bo’yicha esa uch pog’ona yuqorilab 108 o’rinni egalladi.

Islandiya reytingda mobil internet tezligi bo’yicha (72,77 Mbit / s), Singapur esa simli tezlik (190,94 Mbit / s) bo’yicha yetakchilikni saqlab qoldi.

Ilgari Spot O’zbekiston internet tarmog’ining 10 marotaba kengaytirilgani haqida xabar bergan edi.

Speedtest tezlikni hisoblab chiqadi va ma’lum bir mamlakatning tashrif buyuruvchilaridan kelgan o’zining ma’lumotlariga asoslanib reyting yaratadi. Sayt oyiga 150 milliondan ziyod kishi tashrif buyuradigan internet tezligini aniqlash bo’yicha asosiy servislardan biri sanaladi.