Prezident qaroriga binoan Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda yog‘-moy sanoatida amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi"ni tasdiqlash vazifasi yuklatildi.

“Yo'l xaritasi” quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:

  • amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish bo‘yicha 150 million $ miqdoridagi 37 ta investitsiya loyihalarini 2019−2020 yillarda amalga oshirish;
  • tayyor o‘simlik yog‘i importini bosqichma-bosqich qisqartirish bilan bir vaqtda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni 90%gacha yetkazish va yuqori qo‘shilgan qiymatli yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida yog‘-moy xom ashyolari olib kirish hajmlarini ko‘paytirish;
  • 2021 yilga qadar respublikada muqobil moyli o‘simliklar yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish hisobiga yog‘-moy xom ashyolari jamg‘arish miqdorini 100 ming tonnagacha yetkazish;
  • 2021 yilga qadar o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmlarini 400 ming tonnagacha yetkazish;
  • loyiha qiymati 100 million $ bo‘lgan istiqbolli investitsiya loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish.