Yog‘-moy korxonalarining bo‘shaydigan hududlarida ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil etiladi. Bu haqda Prezidentning “Yog‘-moy tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida"gi qarorida keltirilgan.

Qarorga muvofiq, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga bir oy muddatda:

  • ustav jamg‘armasida davlat ulushi mavjud bo‘lgan yog‘-moy tarmog‘i korxonalarining bo‘sh turgan yer uchastkalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish
  • yer uchastkalarini ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari zaxirasiga o‘tkazish bo‘yicha taklif kiritadi.

Shunindek ikki oy muddatda “Andijon yog'-moy”, “Asaka yog'”, “Qarshi yog' ekstraksiya”, “Kattaqo'rg'on yog'-moy”, “Yangi yo’l yog'-moy” “Urganch yog'-moy” kabi korxonalarning bo‘shaydigan hududlarida ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil qilish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi yuklatildi.