Oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi. Bu haqda Prezidentning “2017−2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmonida keltrilgan.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega shaxslardan iborat abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun ushbu shaxslar o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov asosida alohida kvotalar ajratish tartibi kiritiladi.

Farmon bilan, 2019 yil 1 martga qadar oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalarni qabul qilish kvotalarini mustaqil ravishda belgilash tartibi tasdiqlanadi.