Mirzo Ulug’bek innovatsion markazi va “Wargaming” kompaniyasi o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi. Bu haqda Markaz matbuot xizmati xabar berdi.

Shartnoma ta’lim sohasidagi rivojlanish masalalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va kibersport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yish, rag’batlantirish va mustahkamlashni nazarda tutadi.

Shartnomaning asosiy vazifalari — kiberport mutaxassislarini topish, yosh va iqtidorli kibersportchilarni qo’llab-quvvatlash, bu sportni raqamli iqtisodiyotga yo’naltirish, shuningdek, O’zbekistonda yangi texnologiyalarni ommalashtirishdan iborat.

Hamkorlik doirasida turli IT-tadbirlar o’tkaziladi, yosh iqtidorli IT-mutaxassislarining ma’lumotlar bazalari va qo’shma loyihalarni amalga oshirish uchun maxsus platformalar yaratiladi.

Wargaming — dunyodagi eng yirik nashriyot va “free-to-play MMO” bozoridagi ishlab chiquvchilardan biridir. 1998-yilda tashkil etilgan kompaniya butun dunyo bo’ylab 20 ta idoraga va butunlay boshqa platformalar uchun 15 dan ortiq ishlab chiqilgan o’yinlarga ega. Shuningdek, World of Tanks, World of Warships, World of Warplanes kabi afsonaviy o’yinlar yaratuvchisi hisoblanadi.