Prezident farmoniga muvofiq, 2019 yil 1 martdan boshlab investitsiya vizasi joriy etiladi.

Mamlakatdan chiqmasdan muddatini uzaytirish imkoniyati bo‘lgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil qiladigan “investitsiya vizasi” xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilari (ishtirokchilari) va ularning oila a’zolari uchun joriy etiladi.

Farmon bilan, O‘zbekiston hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar tashkil qilish uchun 3 million $ dan ortiq miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilari (ishtirokchilari)ga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 10 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.

O‘zbekistonda yashash guvohnomasi yoki “investitsiya vizasi"ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.